G‘oyadanishlaydiganmahsulotgacha.

Veyronix web-saytlar, mobil ilovalar, AI yechimlar va Telegram botlar yaratadigan IT jamoa. Rejalashtirish, dizayn, ishlab chiqish va launchni bitta jamoa olib boradi.

Ishga tushdi: AFUGYM · Launch arafasida: Memora

Har qanday loyihani qila olamiz

Kichik landing sahifadan murakkab platformagacha. Kerakli mutaxassislar bitta jamoada, shuning uchun loyihani bir nechta pudratchiga bo‘lib berishingiz shart emas.

  • Web-saytlar va web-ilovalar

    Landing sahifalar, korporativ saytlar, internet-do‘konlar, SaaS platformalar va shaxsiy kabinetlar.

    • Next.js
    • React
    • Node.js
  • Mobil ilovalar

    iOS va Android uchun bitta kod bazadan. App Store va Google Play’ga joylashtirishgacha olib boramiz.

    • React Native
    • Expo
  • AI integratsiya

    Chat-assistentlar, rasm va hujjatlarni tahlil qilish, avtomatik javoblar va AI agentlar.

    • LLM
    • Vision
    • RAG
  • Telegram botlar va Mini App

    Buyurtma, to‘lov va CRM bilan bog‘langan botlar hamda Telegram ichida ishlaydigan to‘liq ilovalar.

    • Bot API
    • Mini Apps
  • CRM va biznesni avtomatlashtirish

    Sotuv, ombor, mijozlar bazasi va hisobotlar uchun ichki tizimlar.

    • Dashboard
    • Analytics
  • UI/UX dizayn

    Foydalanuvchilarni o‘rganish, prototiplar, dizayn-tizimlar va brending.

    • Figma
    • Design system
  • Backend, API va integratsiyalar

    Payme, Click, Uzum, SMS-shlyuzlar, 1C va boshqa xizmatlar bilan ulash.

    • REST
    • PostgreSQL
  • DevOps va qo‘llab-quvvatlash

    Server, domen, CI/CD, monitoring va launchdan keyingi support.

    • Docker
    • CI/CD

Loyihalarimiz

O‘z mahsulotlarimizni ham quramiz. AFUGYM ishga tushdi, Memora yaqin kunlarda.

Ishga tushdigym.veyronix.uz

AFUGYM

Sun’iy intellekt asosidagi shaxsiy fitnes-murabbiy

Foydalanuvchi o‘z maqsadini tanlaydi: ozish, mushak yig‘ish yoki formani saqlash. AI unga 12 haftalik shaxsiy mashg‘ulot va ovqatlanish rejasini tuzadi, savollariga javob beradi va taom rasmidan kaloriyani hisoblaydi.

  • AI tuzgan mashg‘ulot va ovqatlanish rejasi
  • AI-murabbiy bilan chat: o‘zbek, rus va ingliz tillarida
  • Taom rasmidan kaloriya va makroslarni aniqlash
  • Mashg‘ulot, ovqat va vazn jurnali, progress grafiklari
  • Payme, Click va Telegram Stars orqali obuna
Platformalar
Telegram Mini App, Web, Telegram bot, Admin panel
Texnologiyalar
React Native, Expo, Telegram Mini App, Node.js, PostgreSQL, Gemini AI

Tez orada

Memora

O‘quv markazlari uchun ingliz tili platformasi

Talabalar so‘z yodlash, speaking va yozma ishlarni o‘yin shaklida bajaradi. AI uy vazifalarini oldindan tekshirib, o‘qituvchining vaqtini tejaydi. Ota-onalar farzandining natijalarini kuzatib boradi.

  • Spaced repetition (FSRS) bilan so‘z yodlash
  • AI speaking-tutor va yozma ishlarni tekshirish
  • XP, streak, reyting va 1v1 duellar
  • CEFR A1–C2 kurslari va taxminiy IELTS bali
  • Markaz, o‘qituvchi va ota-ona uchun alohida panellar
Platformalar
Telegram Mini App, Web, Android, Admin panel
Texnologiyalar
NestJS, Next.js, PostgreSQL, Redis, React Native, Telegram Mini App

Qanday ishlaymiz

Har bir bosqichda nima bo‘layotganini ko‘rib turasiz.

  1. 01

    Tanishuv

    G‘oya, maqsad, foydalanuvchilar, muddat va byudjetni birga aniqlaymiz.

  2. 02

    Reja va dizayn

    Texnik topshiriq va prototip tayyorlaymiz. Har bir ekranni kod yozishdan oldin ko‘rasiz.

  3. 03

    Ishlab chiqish

    Qisqa bosqichlar bilan ishlaymiz va oraliq natijalarni muntazam ko‘rsatib boramiz.

  4. 04

    Test va launch

    Sinovdan o‘tkazamiz, serverga joylaymiz, App Store va Google Play’ga chiqaramiz.

  5. 05

    Qo‘llab-quvvatlash

    Launchdan keyin ham yoningizdamiz: monitoring, yangilanishlar va yangi funksiyalar.

Texnologiyalar

Ishonchli va zamonaviy stack. Har bir loyihaga mosini tanlaymiz.

Frontend
  • Next.js
  • React
  • TypeScript
  • Tailwind CSS
Mobil
  • React Native
  • Expo
  • iOS
  • Android
Backend
  • Node.js
  • NestJS
  • Express
  • Prisma
Ma’lumotlar
  • PostgreSQL
  • Redis
AI
  • Gemini
  • Claude
  • OpenAI
  • OpenRouter
Infratuzilma
  • Docker
  • Nginx
  • GitHub Actions
  • Linux
Integratsiyalar
  • Payme
  • Click
  • Telegram Bot API
  • Sign in with Apple

Loyihangizni muhokama qilamiz

G‘oyangizni qisqacha yozib qoldiring. Tez orada siz bilan bog‘lanamiz va keyingi qadamlarni taklif qilamiz.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish

Telegram
@veyronix